Kirish, rasmlar-videolarni o`qish | OpenCV

Yakhyokhuja Valikhujaev
2 min readApr 16, 2021

OpenCV — Open source (ochiq kodli) kutubxona bo’lib,asosan kompyuter vision, machine learning va image processingda keng ko`lamda qo`llaniladi. Bu kutubxona Python, C++, Java va boshqa turli dasturlash tillari uchun ishlab chiqilgan. OpenCVdan foydalanib rasmlarga, videolarga va ulardagi obyektlarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Chunonchi, rasmdagi inson yuzini topib unga turli ishlov berish, ya`ni yoritilganligini o`zgartirish yoki yashirish va h.k ishlarni amalga oshirsa bo`ladi. NumPy kutubxonasi bilan birga foydalanish orqali siz, OpenCV yordamida katta hisob kitob talab qiluvchi ishlarni bema`lol amalga oshirish imkonini beradi.

Biz siz bilan OpenCV kutubxonasini Python dasturlash tilida o`rganamiz. Bu maqolada biz quyidagilarni o`rganamiz:

  1. OpenCV kutubxonasini o`rnatish.
  2. Rasmlar va video ta`svirlarni o`qish.
  3. Web kamerarini ishga tushirish.

OpenCV kutubxonasini o`rnatish

Buning uchun sizda avvalo Python interpreteri o`rnatilgan bo`lishi kerak. Agarda o`rnatilmagan bo`lsa, python.org dan yuklab olib o`rnatish talab etiladi.

Shu yerdan Download Python 3.9.4 ni yuklab olasiz.

O`rnatib bo`lganizdan so`ng, cmd- buyruqlar panelini ochib, quyidagi buyruqni yozasiz:

pip install opencv-python

Barchasi muvaffaqiyatli yakunlanganidan so`ng, keyingi qadamga o`tamiz.

Rasmlar va video ta`svirlarni o`qish

Endi o`zingiz uchun qulay bo`lgan biror editorni yoki IDE ni ochasiz va .py kengaytmali fayl yaratasiz. Undan keyin esa avvalo kerakli kutubxonalarni chaqirishingiz kerak bo`ladi, buning uchun Pythonda, import kalit so`zidan foydalaniladi. OpenCV yordamida ta`svirni o`qish uchun quyidagi kodni yozasiz:

import cv2image = cv2.imread('rasmga/mazil/kiriting.jpg')
cv2.imshow('rasm', image) # rasm degan oynada imageni chiqaramiz
cv2.waitKey(0) # rasmlar uchun '0'

Yuqoridagi kodni ishga tushirish orqali siz rasmni o`qishingiz mumkin.

Video ta`svirni o`qish uchun esa quyidagi koddan foydalanamiz:

import cv2

cap = cv2.VideoCapture('video/faylga/manzil.mp4')
# Ip kamerdan o'qish uchun ip kamera manzilini kiritishingiz kerak# cap = cv2.VideoCapture('192.168.0.52/camera_') - shunga o'xshash
while cap.isOpened():

ret, frame = cap.read()
if ret:
cv2.imshow('video', frame)
cv2.waitKey(1)
else:
print('Videoni o`qishda xatolik')
else:
print('Video topilmadi')
cap.release()
cv2.destroyAllWindows()

Web kamerarini ishga tushirish

Web kamerani ishga tushirish uchun ham xuddi yuroqidagi ish amalga oshiriladi:

import cv2

cap = cv2.VideoCapture(0) # web kameradan:0, boshqa qurilma bo'lsa,

while cap.isOpened():

ret, frame = cap.read()
if ret:
cv2.imshow('video', frame)
frame = cv2.flip(frame, 1) # gorizontal aylantirish
if cv2.waitKey(1) & 0xFF==ord('q'):
# q tugmasi bosilsa dastur yakunlanadi
break
else:
print('Videoni o`qishda xatolik')
cap.release()
cv2.destroyAllWindows()

Bu maqolada yoritmoqchi bo`lganlarimiz mana shulardan iborat edi. Kelgusi maqolalarimizni kuzatib borishni unutmang.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: github.com, youtube.com, facebook.com

Sign up to discover human stories that deepen your understanding of the world.

No responses yet

Write a response