Kirish | Python

Python nima?
Python 1980-yil Guido van Rossum tomonidan yaratilgan, keng ko’lamda foydalanilayotgan, yuqori darajali dasturlash tili hisoblanadi. Python dasturlash tilida asosiy e’tibor dasturni soddaligi, o’quvchanligiga qaratilgan va bu esa dasturchiga dasturlarni tez fursatlarda yaratish imkoniyatini beradi.
Barcha yuqori darajali dasturlash tillari kabi, Python dasturlash tili sintaksisi ham ingliz tiliga o’xshab ketadi. Lekin buni kompyuter to’g’ridan to’g’ri tushina olmaydi. Biz yozayotgan barcha dasturlarimiz kompyuter tiliga o’girib beriladi, bu ishni Python interpreter amalga oshiradi. Dastur yozish, ishlatish va uni test qilishdan avval biz Python interpreterni o’rnatishimiz kerak bo’ladi.
Bir nechta qo’shimcha dasturiy vositalar mavjudki, biz ular orqali Pythonda yozgan dasturlarimizni .exe formatga o’tkazishimiz va turli operatsion tizimlarda foydalanishimiz mumkin. Bu esa bizga dasturlarimizni boshqa kompyuterlarda bemalol, Python interpreterni o’rnatmasdan turib ham ishlatish imkonini beradi.
Nega Python dasturlash tilini o`rganishimiz kerak?
Yuqori darajali dasturlash tillari juda ham ko’p, shulardan C, C++ va Java dasturlash tillarini keltirishimiz mumkin. Yaxshi jihati shundaki, barcha dasturlash tillari bir-biriga juda ham o’xshash. Asosiy farqi ularning sintaksisi, kutubxonalarining mavjudligi va bu kutubxonlarga murojat qilish yo’llarida ko’rishimiz mumkin. Kubxona deganda biz avvaldan yozib qo’yilgan va dastur yozish jarayonida biz ulardan foydalanadigan kodlar jamlanmasi deyishmiz mumkin. Agarda siz biror dasturlash tilini yaxshi o’rgangan bo’lsangiz, yangisini o’rganish siz uchun ham oson va nisbatan ancha qisqa vaqt talab qiladi.
Agar siz dasturlashni o’rganishni endi boshlagan bo’lsangiz, Python dasturlash tili siz uchun juda ham yaxshi tanlovdir. Python dasturlash tilining asosiy xususiyatlaridan biri bu uning soddaligidir, bu esa o’z navbatida dasturlash sohasini endi o’rganayotganlar uchun juda ham yaxshi imkoniyat tug’diradi. Python dasturlash tilida yozilgan aksariyat dasturlar boshqa dasturlash tillariga solishtirilganda juda ham qisqa bo’ladi, masalan C yoki C++. Bu qisqalik dasturda kam xatolar bo’lishiga va biror loyihani tayyorlashda ketadigan vaqtni qisqartirishga imkon beradi. Yana bir yaxshi jihati bu dasturlash tilidagi kutubxonalarning ko’pligi va ularning imkoniyatlaridir. Bu dasturlash tilidan deyarli dasturlashning barcha jabhalarida ko’rishimiz mumkin. Biz bu dasturlash tilini kompyuter dasturlari yaratishda, ma’lumotlar bazalari bilan ishlovchi ilovalar yaratishda, tarmoqlar uchun dasturlash yozishda va o’yinlar yozishda ham foydalanishimiz mumkin. Python biror platforma tanlamaydigan dasturlash tilidir (cross-platform), bu esa Windows, MacOS va Linuxda ham bemalol kod yozish imkonini beradi.
Python interpreterini o`rnatish
Birinchi dasturimizni yozishdan avval kerakli python interpreterni kompyuterimizga yuklashimiz kerak bo’ladi. Pythonni 2 xil ko’rinishi mavjud, bular Python 2.x va Python 3.x. Biz sizlar bilan ko’pchilik dasturchilar tomonidan foydalaniladigan Python 3ni o’rganamiz. Dastlab Python 3.8.6 interpreterini https://www.python.org/downloads/ sahifasidan yuklab olamiz.

Agarda siz boshqa versiyalarini yuklamoqchi bo’lsangiz, yuqorida keltirilgan veb sahifani pastki qismidan turli versiyalarini topishingiz mumkin. Shuningdek, agar sizning kompyuteringiz operatsiyon tizini MacOS yoki Linux bo’lsa, siz o’zingizga mos keladigan interpreterni yuklashingiz kerak bo’ladi. Shuningdek, agarda kompyuteringiz protsessori x86 yoki x64 ekanini ham hamiyati bor. Dasturni o’rnatayotganingizda kompyuteringizni protsessoriga qarab o’zi x86 yoki x64ligi o’rnatiladi. Agarda sizda interpreterni o’rnatish muvaffaqiyatli yakunlangan bo’lsa, Python dasturlash tilida dastur yozishga tayyorsiz.
Python shell va idle. Birinchi dasturni yozish
Dasturimizni Python interpreteri bilan birga keladigan, IDLEdan foydalanib yozamiz. Dastlab, IDLEni ishga tushiramiz. Buning uchun kompyuterimizdagi dasturlarni qidiruv qismiga IDLE deb yozamiz va dasturni ishga tushiramiz. Ishga tushirganimizdan so’ng bizga quyidagi oyna ochiladi va bu oyna Python shell deb yuritiladi.

Python shell bizga Pythonni interaktiv ko’rinishda foydalanish imkonini beradi. Bu bir vaqtda bir buyruqni kiritish deganidir. Ya’ni shell bizni buyrug’imizni kutadi va buyrug’imiz natijasini qaytaradi. Quyidagilarni Python shellga yozib ko’rishingiz mumkin. >>> bilan boshlanuvchi qatorlarga buyruqlarni yozamiz va ularni ostidan esa bizga natijalar qaytarib ko’rsatiladi.
>>> 2+35>>> 3>2True>>> print(‘Salom, Dunyo’)Salom, Dunyo
Siz 2+3
deb yozganiz bu Python shellga buyruq berish holatingizdir, ya’ni siz 2+3
ning qanday qiymat qaytarishini so’rayotgan bo’lasiz. Shell sizga natija sifatida 5 qiymatni qaytaradi. Siz 3>2
deb yozganingizda ham undan buni qiymatini so’rayotgan bo’lasiz. Ya’ni siz uch ikkidan kattami deb so’rayabsiz, Python shell esa True
— to’gri deb sizga qiymat qaytaradi. Oxirgisida esa, siz print
buyrug’i orqali Python shelldan ‘Salom, Dunyo’ degan yozuvni chiqarishni buyuryabsiz.
Bu bizning kirish maqolamiz edi. Kelgusi maqolalarimizda python dasturlash tilini sintaksi bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: github.com, youtube.com, facebook.com