Rasmlar ustida amallar, videolarni saqlash | OpenCV

Yakhyokhuja Valikhujaev
4 min readApr 17, 2021

--

Eslatma: agarda siz avvalgi 1-maqolani o`qimagan bo`lsangiz, unda bir ko`z yugurtirib chiqishingizni so`rab qolgan bo`lardik. Qani boshladik…

Avvalgi maqolda sizlar bilan videolarni, tasvirlarni ekranga chiqarishni ko`rib chiqqan edik. Bu maqolda esa biz sizlar bilan quyidagilarni o`rganamiz:

  1. Rasmlar kanallarini o`zgartirish va saqlash.
  2. Web kameradan yoki fayldan o`qilgan videolarni saqlash.
  3. OpenCV yordamida turli xil shakllarni chizish.

Rasmlar kanallarini o`zgartirish va saqlash

Ta`svirlar kompyuter xotirasida katta o`lchamdagi matritsalar ko`rinishida saqlanadi. Bunda barcha rangli tasvirlar 3 ta kanaldan va oq-qora tasvirlar esa 1 ta kanaldan iborat bo`ladi. Kompyuter xotirasida barcha narsalar raqamlar ko`rinishida saqlanadi, shu o`rinda rasm va videolar ham. Rangli ya`ni RGB (Red, Green, Blue) ta`svirlar quyidagi ko`rinishda bo`ladi. Bunda har bir raqam bir pikselni ifoda qiladi. Masalan, 200x300 o`lchamli ta`svirda, 6000 ta piksel bo`ladi.

OpenCV kutubxonasi rasmlarni odatdagi RGB ko`rinishda emas aksincha, BGR ko`rinishida o`qiydi. Buni quyidagi rasmda ko`rishimiz mumkin.

Umid qilamanki sizda rasmlar kompyuter xotirasida qanday saqlanishi haqida qisqacha tushincha hosil bo`ldi. Endi sizlar bilan hozir rasmni o`qib olish va uni kanallarini o`zgartirib saqlashni ko`rib chiqamiz.

import cv2# opencv BGR holatda rasmni o'qiydi
image_bgr = cv2.imread('rasmga/manzil.jpg')
# endi biz uni RGBga o'tkazamiz
image_rgb = cv2.cvtColor(image, cv2.COLOR_BGR2RGB)
# va saqlaymiz
cv2.imwrite('ramga/manzil/rgb.jpg', image_rgb)

Yuqoridagi kodda biz faqatgina BGR holatda o`qib uni o`zgartirish uchun kod yozdik, lekin rasmlarni o`qish davomida ham ularni quyidagi ko`rinishda o`zgartirishingiz mumkin:

# rasmni oq-qora ko'rinishda o'qish
image_gray = cv2.imread('rasmga/manzil.jpg', cv2.IMREAD_GRAYSCALE)
# rgb ko'rinishda o'qish
image_rgb = cv2.imread('rasmga/manzil.jpg', cv2.IMREAD_COLOR)
# rgba - bunda 4chi kanal transparency kanal deyiladi
image_rgba = cv2.imread('rasmga/manzil.jpg', cv2.IMREAD_UNCHANGED)

Web kameradan yoki fayldan o`qilgan videolarni saqlash

Video fayllar deganda qandaydir kichik vaqt oralig`ida o`zgaruvchi bir nechta rasmlar ketma-ketligini tushinishinimiz mumkin. Masalan, eski filmlar uchun 24 FPS (frames per second) — sekundiga 24 rasm o`tsa bir sekundlik video hosil qilingan. Hozirda esa bu son turlicha uchrashi mumkin, masalan 30 FPS, 60 FPS va h.k.

import cv2

cap = cv2.VideoCapture(0)

# VideoWriter obyektini yaratish va codec tanlash
fourcc = cv2.VideoWriter_fourcc('M', 'J', 'P', 'G')
fps = 30
out = cv2.VideoWriter('output.avi', fourcc, fps, (640, 480))

while cap.isOpened():
ret, frame = cap.read()
if ret:
frame = cv2.flip(frame, 1)
out.write(frame)
cv2.imshow('frame', frame)
if cv2.waitKey(1) & 0xFF == ord('q'):
break
else:
break
cap.release()
out.release()
cv2.destroyAllWindows()

.release() funksiyasi video qurilmalarni o`chirish uchun foydalaniladi. Dasturni ishga tushirganizdan so`ng .py kengaytmali fayl joylashgan yerda output.avi degan nomdagi video yaratiladi.

OpenCV yordamida turli xil shakllarni chizish

Aytib o`tganimizdek OpenCV kutubxonasi tasvirlar, videolar ustida turli xil amallarni amalga oshirish imkonini beradi. Shulardan biri geometrik shakllar chizishdir. Bunday shakllar chizishda asosan quyidagi argumentlar uchraydi:

  1. Rasm(image)- shakl chizmoqchi bo`lgan rasmingiz.
  2. Rang(color)- shaklni rangi. Bunda biz odatda BGR formatdagi tupleni ko`rishimiz mumkin: (255, 0, 0)
  3. Chiziq qalinligi (thickness). Oddiy holatda thickness hamisha 1ga teng bo`ladi.
  4. Chiziq turi — lineType.

Kod yozish qismini boshladik! Dastlab bir rasm tayyorlab olamiz. Buning uchun quyidagi kod qismidan foydalanamiz: image = np.zeros((512, 512, 3), np.uint8) . Bu kod bizda 512x512 o`lchamli qora tasvir hosil qilishga yordam beradi. Endi esa bu tasvirga to`g`ri chiziq chizishni ko`rib chiqamiz:

import numpy as np
import cv2
# Qora rasm tayyorlab olamiz
img = np.zeros((512,512,3), np.uint8)
# Endi rasmga ko'k dioganal chizamiz
cv2.line(img,(0,0),(511,511),(255,0,0),5)
cv2.imshow('rasm', img)
cv2.waitKey(0)
'''
Yuqoridagi kodda:
1. (0, 0) - boshlang'ich nuqta
2. (511,511) - oxirgi nuqta
3. (255,0,0) - rang
4. 5 - thickness(chiziq qalinligi)
'''

Yuqoridagi kodni ishlatib ko`rsangiz, quyidagi rasmni ekranga chiqariladi:

Endi to`rtburchak chizmoqchi bo`lsak quyidagi kod qismini qo`shishimiz kerak bo`ladi:

cv2.rectangle(img,(384,0),(510,128),(0,255,0),3)
'''
(384,0) - to'rtburchakning bir uchi
(510, 128) - to'rtburchakning ikkinchi uchi
'''

Aylana chizish uchun:

cv2.circle(img,(447,63), 63, (0,0,255), -1)
'''
(447, 63) - aylana markazi kordinatasi
63 - aylana radiusi
-1 - aylanani ichki sohasini rang bilan to'ldirish
'''

Matn yozish uchun:

font = cv2.FONT_HERSHEY_SIMPLEX
cv2.putText(img,'OpenCV',(10,500), font, 4,(255,255,255),2)

Poligon chizish uchun:

nuqtalar = np.array([[10,5],[20,30],[70,20],[50,10]], np.int32)nuqtalar = nuqtalar.reshape((-1,1,2))cv2.polylines(img,[nuqtalar],True,(0,255,255))

Yuqoridagilarni barini jamlagan holatada siz quyidagi natijani olasiz:

Umumiy kod:

import numpy as np
import cv2

# Qora rasm tayyorlab olamiz
img = np.zeros((512, 512, 3), np.uint8)

# Endi rasmga ko'k dioganal chizamiz
cv2.line(img, (0, 0), (511, 511), (255, 0, 0), 5)

# To'rtburchak chizish
cv2.rectangle(img, (384, 0), (510, 128), (0, 255, 0), 3)

# Aylana chizish
cv2.circle(img, (447, 63), 63, (0, 0, 255), -1)

# Matn yozish
font = cv2.FONT_HERSHEY_SIMPLEX
cv2.putText(img, 'OpenCV', (10, 500), font, 4, (255, 255, 255), 2)

# Poligon chizish
nuqtalar = np.array([[10, 5], [20, 30], [70, 20], [50, 10]], np.int32)
nuqtalar = nuqtalar.reshape((-1, 1, 2))
cv2.polylines(img, [nuqtalar], True, (0, 255, 255))

cv2.imshow('final', img)
cv2.waitKey(0)

Bu maqolada yoritmoqchi bo`lganlarimiz mana shulardan iborat edi. Kelgusi maqolalarimizni kuzatib borishni unutmang!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: github.com, youtube.com, facebook.com

Sign up to discover human stories that deepen your understanding of the world.

Membership

Read member-only stories

Support writers you read most

Earn money for your writing

Listen to audio narrations

Read offline with the Medium app

--

--

No responses yet

Write a response